Bosh sahifaga qaytish
Hujjat

Foydalanish shartlari (Terms of Service)

So‘nggi yangilanish: 2026-yil 20-avgust

1. Umumiy qoidalar

NEW ERA platformasiga kirish yoki undan foydalanish orqali siz mazkur Foydalanish shartlariga to‘liq rozilik bildirasiz. Agar siz ushbu shartlarning biror bandiga rozi bo‘lmasangiz, platformadan foydalanishni to‘xtatishingiz lozim.

2. Ta’lim xarakteri va Moliyaviy mas’uliyat radnomasi

NEW ERA platformasida taqdim etilayotgan barcha materiallar, videolar, testlar va signallar faqat ta’lim va axborot berish maqsadida yaratilgan. NEW ERA moliyaviy maslahatchi yoki brokerlik xizmatlarini ko‘rsatmaydi.

Moliya bozorlarida (Forex, Kriptovalyuta, Qimmatli qog‘ozlar) savdo qilish yuqori risk bilan bog‘liq. Har qanday savdo qarori va moliyaviy natijalar uchun foydalanuvchining o‘zi to‘liq javobgardir.

3. Foydalanuvchi hisobi va Xavfsizlik

Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish paytida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etishi shart. O‘z hisob qaydnomasi login va parolini uchinchi shaxslarga berish, darsliklarni ruxsatsiz tarqatish yoki nusxalash qat’iyan man etiladi.

4. To‘lovlar va Kursga kirish huquqi

Pullik kurslar to‘lov kvitansiyasi tekshirilib tasdiqlangach foydalanuvchiga taqdim etiladi. Har bir dars o‘zidan oldingi darsni 90% ko‘rish va testni 90%+ natija bilan topshirish orqali ketma-ket ochiladi.

NEW ERA — Professional Treyding Ta’limi va Strategiyalar